Prezident shu hafta Turkmanistonga boradi
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Avaza shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu hafta Turkmanistonga safar qiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"Juma kuni (6 avgust – tahr.) Prezidentimiz Turkmanistonning Avaza shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Uchrashuvda qator tadbirlar rejalashtirilgan” - dedi u brifing davomida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining sammiti 6 avgust kuni Turkmanistonda boʻlib oʻtishi xabar qilingan edi. Mirziyoyev turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ushbu sammitga tayyorgarlikning borishini muhokama qilgan edi.
Комментарии (0)