Qanday hollarda hisobraqamlar va plastik kartochkalariga band solinadi?

Qanday hollarda hisobraqamlar va plastik kartochkalariga band solinadi?
Qarzdorlarning bank yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha hisob raqamlari, saqlashga qoʻyilgan pul mablagʻlari va oʻzga qimmatliklari toʻgʻrisida maʼlumot boʻlsa, ular qonunga muvofiq xatlanadi.

Bu haqda bugun 17 dekabr kuni AOKA agentligida boʻlib oʻtgan brifingda taʼkidlab oʻtildi. 

Byuro direktori oʻrinbosari SH.Haydarovga koʻra, qarzdorga tegishli banklar va yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi mablagʻlar Byuro davlat ijrochilari qarori bilan xatlanishi, bu vaqt davomida jismoniy shaxslarning hisob raqamlari, shu jumladan plastik kartochkasidagi mablagʻlariga band solinishi mumkin. 

Byuro davlat ijrochisi tomonidan qarzdordan mavjud boʻlgan mablagʻlar undirilsagina hisobraqamlarga va plastik kartochkalarga qoʻyilgan bandlar ham bekor qilinadi. Shuningdek, bu haqda tomonlar xabardor qilinadi.

Комментарии (0)

Оставить комментарий