Yekaterinburgda Oʻzbekiston yangi konsulxonasi ochildi

Yekaterinburgda Oʻzbekiston yangi konsulxonasi ochildi
2018 yilning fevral oyidan Sankt-Peterburgda ham Oʻzbekiston konsulxonasi oʻz faoliyatini boshlagan edi.
Bugun Yekaterinburgda Oʻzbekiston Respublikasi yangi Bosh konsulxonasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 
“Marosim mahalliy vaqt bilan soat 10:30da boshlandi. Unda Oʻzbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov ishtirok etdi. Yangi Bosh konsulxonada Oʻzbekiston bayrogʻi koʻtarildi”, - deyilgan xabarda.
Moskvadagi  Oʻzbekiston elchixonasining rasmiy vakili Sputnik muxbiriga bergan xabariga koʻra, konsulxonaning rasmiy ochilish marosimiga bagʻishlangan tantanali qabul marosimi kechgi soat 19:00 da boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning Rossiya hududidagi konsulxonalarining asosiy vazifasi - Rossiyada doimiy yoki vaqtincha yashayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishdir. Yekaterinburgdagi yangi Bosh konsulxona Ural federal okrugiga xizmat koʻrsatadi. 
2018 yilning boshida, fevral oyida Sankt-Peterburgda Oʻzbekiston yangi Bosh konsulxonasi oʻz faoliyatini boshlagan edi.
Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi xabariga koʻra, bugun Yekaterinburgda  “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” namoyish loyihasi doirasi bir qator tadbirlar ham boʻlib oʻtadi. Bundan oldin shunday tadbirlar Novosibirskda boʻlib oʻtgan edi. Kelajkda ularni Qozon va Ufa shaharlarida ham oʻtkazish rejalashtirilgan.

Комментарии (0)

Оставить комментарий