Juda taʼsirli: Xitoyda vafodor it uch oydan beri halok boʻlgan egasini oʻlim joyida kutmoqda

Juda taʼsirli: Xitoyda vafodor it uch oydan beri halok boʻlgan egasini oʻlim joyida kutmoqda
Ushbu holat Xitoy shimolidagi Xux-Xoto shahrida sodir boʻldi.
Vafodor it uch oydan beri halok boʻlgan egasini oʻlim joyida kutmoqda. Bu holat Xitoy shimolidagi Xux-Xoto shahrida sodir boʻldi. RIA Novosti xabariga asosan.
Xabarda aytilishicha, 21 avgust kuni ertalab avtomobil ayolni urib yuboradi.
“Yaqinda uch oy boʻladi, it shu joydan ketmayapti, qor yoki yomgʻir farqi yoʻq. Juda taʼsirli”, - dedi mahalliy taksischilardan biri.
Odamlar kelishi bilan it qochib ketadi va keyinchalik esa yana shu joyga qaytadi.
Internetda eʼlon qilingan foto va videolarda it yoʻl chetida oʻtirishini koʻrish mumkin.

Комментарии (0)

Оставить комментарий