AQSH ishtirokidagi urushlarda qancha odam halok boʻlgani hisoblab chiqildi

AQSH ishtirokidagi urushlarda qancha odam halok boʻlgani hisoblab chiqildi
Afgʻoniston, Iroq va Suriya va boshqa davlatlardagi harbiy toʻqnashuvlar oqibatida 10 million odam qochoqqa aylandi.
AQSH ishtirokidagi urushlarda 480 ming insonlar halok boʻldi, ulardan 244 ming nafari mahalliy aholini tashkil qiladi. Bu haqda Braunovsk universitetida oʻtkazilgan tadqiqot muallifi Neta Krouford maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning soʻzlariga koʻra, Afgʻoniston, Iroq va Suriya va boshqa davlatlardagi harbiy toʻqnashuvlar oqibatida 10 million odam qochoqqa aylandi.
Shuningdek, Krouford hisobiga koʻra, Vashington 2001 yildan 2019 yil yakunigacha urushlarga 5,9 trillion dollar mablagʻ sarfladi.
Oʻz navbatida Pentagonda 2001 yil 11 sentyabrdan va 2018 moliya yiligacha harbiy harakatlar uchun 1,7 trillion dollar sarflanishini maʼlum qilgandi.
Bu mablagʻ va harajatlar Iroq va Afgʻonistonda urush hamda qator mamlakatlarda harbiy operatsiyalarga ketmoqda.
Tadqiqotchining taʼkidlashicha, AQSH Mudofaa vazirligi urush harajatlarining faqat bir qismini oʻz ichiga oladi.
“Agar AQSH bunday harajatlarni davom ettirsa, hatto 2023 yilgacha barcha urushlar tugatilgan taqdirda harajatlar 6,7 trillion dollarni tashkil qiladi”, deb qoʻshimcha qildi Krouford.

Комментарии (0)

Оставить комментарий