Oʻzbekistonning 200 nafarga yaqin harbiylari tojik–afgʻon chegarasiga yetib bordi
Oʻzbek-rus-tojik hamkorligidagi oʻquv mashgʻulotlari 5 avgustdan 10 avgustga qadar oʻtkaziladi. Unda Oʻzbekistondan 200 nafarga yaqin harbiylari ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, hamkorlikdagi mashgʻulotlar Tojikistondagi “Harb maydon” dala oʻquv maydonida boʻlib oʻtadi.
1 avgust kuni Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari oʻzbek-rus-tojik hamkorligidagi oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etish uchun uzoq masofali marsh asosida Tojikistonga yetib borishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Oʻzbek harbiy xizmatchilarini Tojikiston mudofaa vazirligining masʼul xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari tantanali kutib oldi.
Qayd etilishicha, hamkorlikdagi mashgʻulotlar Tojikistondagi “Harb maydon” dala oʻquv maydonida boʻlib oʻtadi.
“Mazkur hamkorlikdagi mashgʻulotlardan koʻzlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish, maxsus operatsiyalar oʻtkazishini rejalashtirish hamda qoʻshinlarni tayyorlash, oʻzaro tajriba almashishdan iborat”, - deyilgan xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, oʻzbek-rus-tojik hamkorligidagi oʻquv mashgʻulotlari 5 avgustdan 10 avgustga qadar oʻtkaziladi. Oʻzbekistondan 200 nafarga yaqin harbiylari ishtirok etadi, 20 dan ortiq harbiy texnika jalb qilinadi.
Taʼkidlanishicha, mashgʻulotlarning asosiy bosqichida ishtirokchilar davlat chegarasini kesib oʻtgan shartli noqonuniy qurolli tuzilmani yoʻq qilish uchun taktik harakatlarni ishlab chiqishlari kerak boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq avgust oyida Afgʻoniston bilan chegara yaqinidagi Tojikistonning Xatlon viloyati poligonida Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston qoʻshma harbiy mashgʻulotlari boʻlib oʻtishi xabar qilingan edi.
Комментарии (0)