Oʻzbek bokschisi ukrainalik raqibini 99 soniyada nokaut qildi
Oʻzbekistonlik sportchi, professional boksda super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Fazliddin Gʻoibnazarov ukrainalik raqibini 99 soniyada nokautga uchratdi.
Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisi, Olimpiada chempioni, professional boksda super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Fazliddin Gʻoibnazarov 16 dekabr kuni Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan professional boks turnirida ishtirok etdi.
Ushbu jangda Fazliddinga ukrainalik Vladislav Baranov raqiblik qildi. Ukrainalik bokschining jigariga berilgan kuchli zarba natijasida xizmatdoshimiz raqibini 99 soniyada nokautga uchratib, gʻalabaga erishdi.
Maʼlumot uchun, Fazliddin shu kunga qadar prof ringda sakkizta jang oʻtkazib, ularning yettitasida gʻolib boʻlgan. Bitta jangda (Maykl Foksga) esa magʻlub boʻlgan.
Baranov esa 13 ta jang oʻtkazib, ularning 6 tasida gʻalaba qozongan. 5 ta jangda esa magʻlub boʻlib, 2 ta bahsda durang qayd etgan edi.
Комментарии (0)