Oliy sud 19 nafar ayolni sud zalidan ozod etdi

Oliy sud 19 nafar ayolni sud zalidan ozod etdi
Oliy sudda oʻtkazilgan ochiq sud majlislarida jazoni oʻtash muassasasidagi 19 nafar ayolning nazorat tartibida bergan shikoyat arizasi koʻrib chiqilgan.

2019 yil 19 dekabr kuni 19 nafar ayol Xotin-qizlar qoʻmitasi kafilligida sud zalidan ozod etilgan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot kotibi maʼlum qildi.

Oliy sudda oʻtkazilgan ochiq sud majlislarida jazoni oʻtash muassasasidagi 19 nafar ayolning nazorat tartibida bergan shikoyat arizasi koʻrib chiqilgan.

Mahkuma ayollarning jazoning asosiy qismini oʻtaganligi, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligi, jazoni oʻtash jarayonida oʻzining ijobiy jihatlarini namoyon etganligi eʼtiborga olingan.

Shu bois 19 nafar ayolning yoshi hamda Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasining kafolati xati inobatga olinib, sud zalidan ozod etilgan.

Комментарии (0)

Оставить комментарий