Moskva markazida FSB binosi oldida otishma yuz berdi
Hujum terakt sifatida baholanmoqda. Yovuz niyatli kimsalar yoʻq qilingan, uning shaxsi aniqlanmoqda. Yuz bergan hodisa haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xabar berishdi
Moskva markazida Lubyanka metrosi yonida Federal xavfsizlik binosi oldida otishma yuz berdi.
FXX maʼlumotiga koʻra, favqulodda holat oqibatida jabrlanganlar bor.
Hujum terakt sifatida baholanmoqda. Yovuz niyatli kimsalar yoʻq qilingan, uning shaxsi aniqlanmoqda. Yuz bergan hodisa haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xabar berishdi.
FXX maʼlum qilishicha, Moskva markazida yuz bergan otishmada bir nafar idora xodimi halok boʻlgan.
Комментарии (0)