PPX xodimlari videoregistratorlar bilan taʼminlanadi
Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi.
“Transport va turizm obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi.
Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri transport va turizm obʼyektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish hisoblanadi.
2021 yil 1 yanvarga qadar transport obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlovchi profilaktika inspektorlari mobil videoregistrator hamda qidiruvdagi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega planshetlar bilan, patrul-post xizmati xodimlari esa mobil videoregistratorlar bilan taʼminlanadi.
Комментарии (0)