Yunusoboddagi avariya qurbonlari soni oshdi - roʻyxat
Yunusobod metro yoʻli qurilishida tuproq ostida qolgan oltinchi odam jasadi olib chiqilib, shaxsi aniqlangan.
Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻlining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan favqulodda vaziyat oqibatida halok boʻlganlar soni 6 nafarga yetdi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
"Voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida kecha va bugun 6 nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi:
1. 1989 yilda tugʻilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlogʻida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Oybek Toʻra oʻgʻli;
2. 1989 yilda tugʻilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlogʻida istiqomat qilgan fuqaro Ravshanov Jonibek Islom oʻgʻli;
3. 1999 yilda tugʻilgan, Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumani, Beshkapa qishlogʻida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Davronbek Botirovich;
4. 1986 yilda tugʻilgan, Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodovich;
5. 1996 yilda tugʻilgan, Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Farmonobod qishlogʻida istiqomat qilgan fuqaro Raxmatov Ixtiyor Amriddin oʻgʻli.
6. 1981 yilda tugʻilgan, Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida istiqomat qilgan fuqaro Karimov Zarif Toʻlqinovichdir.
Hukumat komissiyasi tomonidan jabrlanganlar va ularning oila aʼzolariga barcha zarur moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish choralari koʻrilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Комментарии (0)