Musulmonlar idorasi metro qurilishida halok boʻlganlar oilasiga hamdardlik bildirdi

Musulmonlar idorasi metro qurilishida halok boʻlganlar oilasiga hamdardlik bildirdi
Inson qachon, qayerda va qanday holatda vafot etishini bilmaydi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan moʻminning darajasi yuqori boʻlishi aytilgan, deyiladi taʼziyanomada

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Yunusobod yoʻlining yangi qurilayotgan qismidagi yer oʻpirilishida halok boʻlganlarning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda idora rasmiy saytida xabar berilgan.

"Aziz yurtdoshlar, ushbu fojiada halok boʻlganlarning haqlariga duolar qilish, magʻfirat soʻrash va yaqinlariga tasalli berish barchamizning insoniy burchimizdir. Inson qachon, qayerda va qanday holatda vafot etishini bilmaydi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan moʻminning darajasi yuqori boʻlishi aytilgan. Hazrati Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida kishi suvga gʻarq boʻlib, oʻtda kuyib, tom ostida qolib vafot etsa, shahidlik maqomini topishi taʼkidlangan", -deyiladi bildirilgan taʼziyanomada.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 18 dekabr kuni Toshkent metrolpolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yoʻnalishida yer oʻpirilishi sodir boʻldi.

Qutqaruv ishlari natijasida besh kishining jasadi olib chiqilib, ularning shaxsi aniqlandi: I.Raxmatov– 1996 yilda tugʻilgan; A.Diyorov– 1986 yilda tugʻilgan; D.Abdullayev – 1999 yilda tugʻilgan; J.Ravshanov 1989 yilda tugʻilgan; O.Abdullayev 1989 yilda tugʻilgan.

Комментарии (0)

Оставить комментарий