Oʻzbekistonda Rossiya OTM filiallari soni bittaga koʻpayadi

Oʻzbekistonda Rossiya OTM filiallari soni bittaga koʻpayadi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rektori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universitetining filiali tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, vazirlikda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rektori Nadejda Kaminina boshchiligidagi delegatsiya qabul qilingan.

Uchrashuvda ushbu universitetning Oʻzbekistondagi filiallarini ochish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilinib, oʻquv jarayonlarini yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash va shu kabi boshqa masalalarga toʻxtalib oʻtilgan.

Muzokaralar yakunida esa geodeziya va kartografiya sohasi uchun hamkorlikda kadrlar tayyorlash masalasida kelishib olingan. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq A.I. Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Oʻzbekistonda filiali ochilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.

Комментарии (0)

Оставить комментарий