Toshkent yoqilgʻi quyish shoxobchalarida AI-92 yoqilgʻisi sotilmoqda
Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan AI-91 5700 soʻm boʻlsa, import yoqilgʻisining har bir litri 6100 soʻmdan baholanmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” yoqilgʻi quyish shoxobchalarida AI-92 yoqilgʻisi sotilmoqda. Bu haqda Autostrada.uz axborot portali xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonga import qilinayotgan AI-92 yoqilgʻisining narxi AI-91 dan 400 soʻm qimmatroqqa sotilmoqda. AI-91 5700 soʻm boʻlsa, import yoqilgʻisining har bir litri 6100 soʻmdan baholanmoqda.
Shuningdek, 2020 yilning 1 aprelidan boshlab isteʼmolchiga sotiladigan benzin, dizel yoqilgʻisi, suyultirilgan gaz uchun aktsiz soligʻi 22,8 foizga, siqilgan gaz uchun esa 14,9 foizga koʻtarilishi aytilmoqda.
Oxirgi marotaba yoqilgʻi narxi 2019 yilning avgust oyida koʻtarildi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ axborot xizmatining maʼlumot berishicha, Oʻzbekistonda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 fevraldagi qaroriga muvofiq “UNG Petro” MCHJ tashkil etilgan.
Ayni damda ushbu brend (“UNG”) bilan AYOQShlar orqali isteʼmolchilarga yetkazilayotgan AI-80, AI-91 va AI-95 rusumli avtobenzinlar va dizel yoqilgʻilari soni bugunga kelib 25 taga yetgan.
Hozirgi kunda AYOQShlarda sotilayotgan yuqori oktanli YEVRO standartlariga javob beruvchi AI-92 rusumli avtobenzin ham “UNG Petro2 MCHJga tegishli hisoblanadi.
Комментарии (0)