Toliblar Afgʻoniston HHK hujumi ostida katta yoʻqotishlarga duch kelmoqda

Toliblar Afgʻoniston HHK hujumi ostida katta yoʻqotishlarga duch kelmoqda
Afgʻoniston gʻarbi - Hirot provintsiyasidagi janglarda toliblar katta yoʻqotishlarga duch kelishmoqda.

 Soʻnggi sutka davomida Afgʻoniston HHK "Tolibon" (Rossiyada taʼqiqlangan) harakatining ellikdan ortiq jangarilarini yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi, deb xabar qilmoqda Afgʻoniston mudofaa vazirligi matbuot-markazi.

""Hirot provintsiyasining Guzara, Karux va Siavashan uyezdlariga jangarilar hujumlarini qaytarish davomida hukumat kuchlari tomonidan jangovar aviatsiya koʻmagida 52 tolib oʻldirildi va yana 47 tasi yaralandi", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi koʻplab qurol-yaroq, oʻq-dorilar va texnikalar yoʻq qilinganligini xabar qilmoqda.

Idora xabariga koʻra, ogʻir yoʻqotishlarga qaramay, jangarilar avvalgidek mamlakat gʻarbidagi uyezdlar ustidan yoʻqotilgan nazoratni qaytarishga urinishlardan voz kechmayapti.

Hirot hokimiyatining xabariga koʻra, toliblar Karux uyezdiga hujum uyushtirish uchun qoʻshni provintsiyalardan oʻz tarafdorlarini toʻplashgan.

Bu uyezd Afgʻoniston hukumat kuchlari tomonidan 23 iyul kuni toliblardan tortib olingan va oʻsha vaqtdan buyon jangarilar uni oʻz nazorati ostiga olish boʻyicha harakatlarni toʻxtatmayaptilar.

Afgʻoniston milliy armiyasi 207 "Zafar" korpusi qoʻmondoni Xayal Nabiy Axmadzay oʻz vazifalariga terroristik hujumlarni jilovlash, jinoyatchilikning oldini olish va Hirot xavfsizligini taʼminlash singari masalalar kirishini maʼlum qildi.

Комментарии (0)

Оставить комментарий