Tojik-qirgʻiz chegarasi: ikki davlat vakillari muzokara oʻtkazdi

Tojik-qirgʻiz chegarasi: ikki davlat vakillari muzokara oʻtkazdi
Qirgʻiziston Chegara qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Abdikarim Alimbayev va Tojikiston Chegara qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari Xikmatillo Pirakov chegaradagi vaziyatni muhokama qildi.

Tojik-qirgʻiz chegarasida hozirgi vaqtda vaziyat barqaror deb baholanmoqda, ikki davlat vakillari muzokaralari oʻtkazildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston mamlakat chegara xizmati matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

Bugun chegaradagi kelishilmagan hududlarda Qirgʻiziston va Tojikiston fuqarolari tomonidan oʻrnatilgan devorlar toʻliq olib tashlandi.

Muzokaralarda Qirgʻiziston Chegara qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Abdikarim Alimbayev va Tojikiston Chegara qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari Xikmatillo Pirakov ishtirok etdi.

Ular chegarachilarning xulq-atvor qoidalariga rioya qilishi, ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish boʻyicha birgalikdagi harakatlarni muhokama qildilar.

Kuni kecha ertalab Koʻk-Tosh qishlogʻida ikki davlat fuqarolari oʻrtasida nizo kelib chiqdi: chegara hududi yaqinida istiqomat qiluvchi taxminan 180 nafar Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari bir-biriga tosh otishdi. Shu munosabat bilan ikki davlat chegara xizmati, huquq tartibot va viloyat maʼmuriyati vakillari muzokara oʻtkazildi. Biroq vaziyat tinchlanmadi.

Shundan soʻng, 4 nafar harbiy xizmatchi va ikki nafar fuqaro Batken viloyati shifoxona olib kelindi. Bugun ertalab chegaradagi vaziyat barqarorlashdi.

Комментарии (0)

Оставить комментарий