Oʻzbekiston IIV kadrlar tayyorlashda Rossiya bilan hamkorlik qilmoqda

Oʻzbekiston IIV kadrlar tayyorlashda Rossiya bilan hamkorlik qilmoqda
Ichki ishlar organlarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasi IIV bilan hamkorlik oʻrnatgan.

Ichki ishlar organlarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasi IIV bilan hamkorlik oʻrnatgan. Bu haqda AOKA agentligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi.

2019 yilning 19 dekabr kuni  Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Ichki ishlar organlarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda maʼlum qilinishicha, hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan 81 nafar tinglovchilar Rossiya Federatsiyasi IIVning 12 ta oliy taʼlim muassasasida tahsil olmoqda.  

Shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish boʻyicha akademiya oʻndan ortiq Xalqaro politsiya akademiyalari hamda universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatgan.

“Birgina Rossiyaning oʻzida Krasnodar universiteti, Barnau, Kikotya nomidagi universitetlari bilan shartnomamiz bor. Bundan tashqari bevosita Belarusiya bilan ham hamkorlik oʻrnatilgan. Yaqinda Armaniston bilan ham xuddi shunday shartnoma imzolandi.

Shu shartnomalar asosida kursant va xodimlarimiz chet ellarga borib ular tajribasini oʻrganib qaytishmoqda va bevosita oʻz ish faoliyatida qoʻllashmoqda”, -deydi IIV Akademiyasi Oʻquv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Joʻrabev Muxtorov.

Комментарии (0)

Оставить комментарий