Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrifidan soʻng Rossiyada boʻladi
Oʻzbekiston prezidenti Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlari norasmiy sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtadigan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining anʼanaviy norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Bu haqda davlat rahbari matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Tuzilmaga aʼzo davlatlar yetakchilari MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Hamdoʻstlikning oktyabr oyida oʻtgan Ashxobod sammitida qabul qilingan qarorga muvofiq, 2020 yilning 1 yanvaridan MDHda Oʻzbekiston raislik qiladi.
Комментарии (0)