Yunusobod metrosi fojiasi: hozir nimalar roʻy bermoqda?
Hukumat komissiyasi topshirigʻiga muvofiq, Yunusoboddagi metro qurilishi vaqtida halok boʻlgan olti nafar ishchining har biri oilasiga 100 mln soʻmdan konpensatsiya puli toʻlanadi.
Yunusobod metrosi qurilishida halok boʻlgan har bir ishchining oilasiga konpensatsiya toʻlovining ajratilishi vaʼda qilinmoqda. Bu haqda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Hukumat komissiyasi topshirigʻiga muvofiq, Yunusoboddagi metro qurilishi vaqtida halok boʻlgan olti nafar ishchining har biri oilasiga 100 mln soʻmdan konpensatsiya puli toʻlanadi.
“Inson hayoti bahosizdir va hech qanday konpensatsiya toʻlovi halok boʻlgan ishchilarning yaqinlari boshidan kechirayotgan yoʻqotish oʻrnini toʻldira olmaydi. Biz fojiali halok boʻlganlar oilasiga munosib yashash sharoitini taʼminlab berishga harakat qilamiz”,-deyiladi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi xabarida.
Bosh prokuratura nima deydi?
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, yangi metro qurilishi bilan bogʻliq yuz bergan hodisa yuzasidan JKning 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258 (Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.Ayni damda ushbu moddalar asosida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Комментарии (0)