Oʻzbekiston Ekopartiyasi vakili: koinot tiklanmaydigan nuqtaga yetishga 10 yil qoldi

Oʻzbekiston Ekopartiyasi vakili: koinot tiklanmaydigan nuqtaga yetishga 10 yil qoldi
Oʻzbekistonda 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtadi.

Parlamentdagi 150 oʻrin uchun mamlakatda roʻyxatdan oʻtgan besh partiya - OʻzXDP, OʻzLiDeP, "Adolat", "Milliy tiklanish" va Ekologik partiyalardan 750 nomzod kurashadi. Sputnik barcha siyosiy kuchlar vakillari bilan suhbatlashdi va qonunchilikka qanday oʻzgartirish kiritmoqchi ekanliklarini bilib oldi.

Boʻlajak saylovlar oldin Oliy Majlis Qonunchilik palatasida jamoat harakati sifatida faoliyat koʻrsatgan Ekologik partiyasi uchun debyut boʻladi. Partiya markaziy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi Boriy Alixonov Sputnik Oʻzbekiston axborot agentligiga saylov kampaniyasining borishi va ekologlarning asosiy vazifalari haqida gapirib berdi.

- Boriy Botirovich, hozirgi saylovoldi kampaniyada partiyalarga endi erkinlik  va efir berildi... Siz yangi imkoniyatlarni his qildingizmi?
- Ha, albatta. Aytishim mumkinki, endi partiya oʻz dasturiy maqsadlari, tashabbuslarini ilgari surish uchun katta imkoniyatlar mavjud, ommaviy axborot vositalari ham partiyalar faoliyatiga koʻproq eʼtibor berishni boshladi. Soʻnggi uch yil ichida jamiyat juda oʻzgardi. Balandparvoz soʻzlarsiz ayta olamanki, biz katta qadamlar bilan rivojlanyapmiz va Oʻzbekiston yangitdan butun dunyoga ochilyapti.

Endi biz jonli efir orqali ochiq chiqish qilish, onlayn rejimda aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Bu masalalarning barchasi bizga xush keladi deb aytolmayman, jiddiy munozaralar mavjud. Masalan, daraxtlarni nazoratsiz kesish masalasi hammani juda tashvishga solmoqda. Shu munosabat bilan biz daraxtlarni saqlab qolish uchun moratoriy eʼlon qilish toʻgʻrisida aniq taklif kiritdik. Natijada prezident tomonidan ikki oy muddatga – 1 noyabrdan 31 dekabrgacha boʻlgan muddatga bu qaror qabul qilindi.

- Lekin, bu vaqtinchalik chora. Moratoriy muddati tugagandan soʻng nima qilish kerak?
- Ekolog, ushbu sohaning mutaxassisi sifatida, mamlakatimizda, shu jumladan Toshkentda oʻsimlik dunyosini chuqur, puxta inventarizatsiyadan oʻtkazish kerak, deb oʻylayman. Hisob-kitoblar oʻtkazilganidan keyin oʻsimlik dunyosining kadastrini yaratish lozim. Turli daraxtlar va boshqa oʻsimliklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish mexanizmini tartibga solish kerak. Masalan, bizda daraxtlarning relikt turlari mavjud, juda qimmatbaho daraxtlar va umuman koʻp asrlik tarixga ega boʻlganlar ham bor. Ularni tabiiy yodgorliklar deb eʼlon qilish kerak va bu yoʻnalishda biz oʻz ishimizni olib boramiz.

Bundan tashqari, biz Oʻzbekiston Respublikasining Ekologik kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish uchun qonunlarni kodifikatsiya qilish tarafdorimiz. Ushbu yoʻnalishdagi ishlar allaqachon boshlangan. Bu misli koʻrilmagan tadqiqot. Biz ekologik rayonlashtirishni amalga oshirdik, butun mamlakat boʻylab - tuman, viloyat, respublika miqyosida ekologiya holatini va mavjud muammolarni oʻrganib chiqdik.

- Soʻnggi bir necha oy ichida Toshkentda noqulay ekologik sharoitlar, shu jumladan iflos havo haqida koʻplab shikolyatlar kelib tushdi. Sizning partiyangiz poytaxtning ekologik muammolariga qanday yechim koʻrmoqda?
- Eʼtibor bergan boʻlsangiz, Toshkent shahrining atmosferasi maʼlum vaqt ichida ifloslanish darajasi boʻyicha ikkinchi oʻringa tushib ketdi, bir necha soatdan keyin 58-oʻringa koʻtarilib, 65-oʻringa tushib ketdi. Bunday keskin tebranishlarni turli omillar bilan izohlash mumkin: ehtimol, oʻsha paytda qandaydir chang boʻroni boʻlgan, chunki bugun Toshkent katta qurilish maydoniga aylandi. Biroq, shu bilan birga, tizim monitoringini ishlab chiqish zarur. Bizda har oy uchun havo ifloslanishinining holati, shu jumladan, Toshkent shahri haqida maʼlumot mavjud. Masalan, sentyabr oyi uchun maʼlumot: Toshkent shahrining fon ifloslanishi toʻgʻrisida maʼlumotlar aniq koʻrsatilgan (fotosuratda koʻrsatmoqda).


Oʻz navbatida, biz bir nechta muammolarni hal qilish uchun yirik sanoat rivojlangan shaharlarda yashil halqalarni, yaʼni tabiiy oʻsimlik toʻsiqlarini yaratishni taklif qilamiz.

Birinchidan, atrof muhitga chiqadigan ifsonlantiruvchi moddalarning maʼlum qismini bu yashil qoplam yutadi. Ikkinchidan, iqlim oʻzgarishini yumshatish uchun ekotizim yaratiladi. Afsuski, Oʻzbekistonda va umuman Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi global oʻrtacha koʻrsatgichdan ancha ildamroq kechmoqda. Agar dunyoda har 10 yilda harorat 0,14 darajaga koʻtarilayotgan boʻlsa, mintaqamizda 0,29 darajaga koʻtarilmoqda. 10-15 yildan soʻng nima boʻlishini tasavvur qila olasizmi?

Bunga koʻp jihatdan Orol dengizi falokati taʼsir koʻrsatdi. Taxminan 50 yil muqaddam, Orol toʻlaqonli namlik manbai boʻlgan va dunyodagi yopiq suv omborlari orasida 4-chi oʻrinni egallagan boʻlsa, va yozda Orol dengizi orqali bizning hududimizga oʻtgan musson  va tsiklonlar ("garmsel") yumshar edi. Qishda esa aksi: Turon pasttekisligi orqali oʻtgan Sibir shamollari oʻz navbatida Orol dengizi suvlari bilan iliqlashar edi. Orol dengizi oʻziga xos “tabiiy haroratni sozlovchi qurilma” boʻlgan - yaʼni, keskin kontinental iqlimiga Orol dengizi tufayli ozgina oʻzgarish kiritilar edi.

Hozir esa nima boʻlyapti? Orol dengizining qurigan tubida besh yarim million gektar quruq yer! Har yili yuz million tonnagacha chang, tuz, qum uzoq-uzoq masofalarga borishini tasavvur qila olasizmi?

Men Nyu-Yorkdagi BMTning 74-Bosh Assambleyasida ishtirok etganimda, norvegiyalik xamkasblarim hatto oʻzlarida topilgan Orol dengizining qurigan tubidan koʻtarilgan chang, tuz va qum zarrachalarini topilganini aytishdi. Tasavvur qiling, Oʻzbekiston qayerda va Norvegiya qayerda? Bu chang va tuz Arktikada ham, Antarktikada ham topilgan, men Tyan-Shan, Pomir-Alay togʻ tizimlari haqida gapirmayapman. Yashil xalqa toʻsiqlari qandaydir tarzda bu changni ushlab turishi mumkin.

Uchinchidan, yaqin orada bizda hech kim shovqin ifloslanishi bilan jiddiy shugʻullanmadi. Bu juda jiddiy masala, ayniqsa ishlab chiqarish rivojlangan va transport juda koʻp boʻlgan yirik shaharlarda. Masalan, agar inson organizmi odatda 80dB gacha shovqinni normal qabul qiladi, shovqin baland boʻlsa sogʻliqqa salbiy taʼsir qiladi va 130 dB darajasida bu hatto oʻlimga olib kelishi mumkin. Va shu nuqtai nazardan, oʻsha yashil halqa toʻsiqlari shovqinni kamaytirish boʻyicha oʻz vazifalarini bajara oladilar.

- Ekologik partiyaning vakillari allaqachon Orol muammosini, xususan, Sibir daryolarining oqimi bogʻliq global loyihalar hisobidan hal etish boʻyicha fikrlarini bildirishgan. Yaqin va oʻrta muddatli istiqbolda Orolboʻyi mintaqasini tiklash boʻyicha aniq strategiya mavjudmi?
- Men qariyb 30 yil davomida Orol dengizi muammolari bilan jiddiy shugʻullanib kelmoqdaman va  partiyamiz vakillari taklif qilgan - ushbu masalani hal qilishning real variantlaridan biridir. Aytgancha, ilgari bunday takliflar ilgari turli mamlakatlar olimlari va mutaxassislari tomonidan bildirilgan. Ammo bu ham panatseya emas. Orol dengizi falokatining koʻlami shu qadar chuqurki, buzilgan  muvozanatni tiklashga juda koʻp vaqt va mablagʻ sarflanishini talab etadi: masalan, Orol dengizini toʻldirish uchun Volga daryosi oqimi besh yil davomida, Dunay esa yetti yil mobaynida Orolga yoʻnaltirilishi kerak.

Agar 1960 yilda Orol dengizida suv hajmi bir ming kubokilometrdan oshgan boʻlsa, bugungi kunda atigi 55-57 kubokilometr suv qolmoqda, dengiz sathi 29 metrga pasayib, qirgʻoq chizigʻi esa 120-150 kilometrga uzoqlashgan.

Tuz miqdori boʻyicha Orol dengizi deyarli oʻlik dengiziga aylandi. Shu sababli, Sibir daryolarining oqimi bilan bogʻliq loyihalar – bu yechimlardan biri, va bu gʻoya ilgari birinchi marta taklif qilinmayapti. Albatta, partiyamiz aʼzosi yaqinda bu masala boʻyicha oʻz fikrini bildirdi, ammo sovet davrida ham Sibir daryolarini Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoga burish boʻyicha juda koʻp takliflar boʻlgan.

Koʻp variantlar mavjud. Hatto Kaspiy dengizini Orol dengizi bilan bogʻlaydigan loyihalar ham mavjud, agar bir necha ming yil oldin ushbu suv omborlari orasida Usoy boʻgʻozi boʻlganini hisobga olsak.

Afsuski, biz texnologik jihatdan Orolni toʻldirishga qodir emasmiz va biz Orolboʻyida yashaydigan odamlar haqida oʻylashimiz kerak. Mamlakatimiz prezidenti nafaqat ekotizimni, balki ushbu hududda yashash sharoitlarini yaxshilashga ham alohida eʼtibor qaratgani bejiz emas.

Hozir Orol dengizining qurigan tubini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Soʻnggi yigirma besh yil davomida Orol dengizining qurigan tubiga qariyb 440 ming tup – saksovul - choʻllarga chidamli oʻsimliklar ekilgan va bu ishlar davom etmoqda. Bunday keng koʻlamli ekologik loyihaning dunyoda oʻxshashi yoʻq.

BMT shafeligida Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi tashkil etildi. Bu oʻzbek diplomatiyasining dunyo miqyosidagi ulkan yutugʻidir. Umuman olganda, ekologik partiyaning tashkil etilishi ham Oʻzbekistonning oʻziga xos brendidir, bu oʻtkir va global muammoga eʼtiborning belgisidir.

- Aytgancha, BMT va global muammolar haqida. 2019 yilda shvetsiyalik qiz Greta Tunberg Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan global muammolarni koʻtargan. Siz uning faoliyatini qanday baholaysiz va dunyo ekologik halokat yoqasida ekaniga qoʻshilasizmi?
- Men u bilan BMT sammitida qatnashganimda uchrashganman, hatto uni Oʻzbekistonga taklif qilish fikri ham boʻlgan. Ammo hozircha bu haqda batafsil gaplasha olmadik. Ha, u juda hayajonli chiqish qildi. Biroq, har bir kishi bu borada juda yorqin va kuchli his-tuygʻularga ega edi. Bosh kotib Guterres yigʻilishlarning birida shunday dedi: "Asr oxiriga qadar men yashamayman - bu aniq. Ammo mening farzandlarim va nevaralarim nima qilishadi? Qanday qilib hal qilamiz, tabiat bizdan oʻch olyapti. Tabiat bizning kamchiliklarimizni kechirmaydi".

Albatta, Gretaning nutqida uning individual idrokiga oid eslatmalar mavjud edi, ammo bugungi kunda insoniyat hal qilishi zarur boʻlgan muammolar mavjud. Aslida toʻplangan ekologik muammolarni, shu jumladan iqlim oʻzgarishini bartaraf etishga bizda 10 yil qoldi. Hech narsa qilinmasa, 2030 yilga kelib sayyora qaytmaslik nuqtasiga yetib borishi mumkin. Hatto 2050 yilgacha yozilgan eng yomon stsenariylar ham ortda qoldi - hammasi bundan ham battar. Jahon hamjamiyati umumiy, birdam qarorlar qabul qilishi kerak.

Buyuk mutafakkir va olim Abu Rayhon Beruniy bizdan ming yil oldin shunday degan edi: "Agar odamlar tabiatga qarshi zoʻravonlik qilsalar, uning qonunlarini qoʻpol ravishda buzsalar, u holda hech bir kuch toʻxtata olmaydigan, boshlariga aql bovar qilmaydigan falokatlar keltiradigan vaqt keladi." Endi bu bashorat har qachongidan ham dolzarb.

- Sizning partiyangiz uchun bu birinchi toʻlaqonli parlament saylovidir. Agar ilgari Oliy Majlisda joylar uchun kvotalar belgilangan boʻlsa, endi raqobat kuchaygan. Ovoz berish natijalariga koʻra siz qancha oʻrinni moʻljallayapsiz?
- Maʼlumki, bashorat qilish befoyda ishdir, ammo biz jamiyat manfaatlarini parlamentda va mahalliy hokimiyatda munosib tarzda ifoda etish huquqiga egamiz. 11 yil oldin tashkil etilgan Oʻzbekiston ekologik harakati oʻz oldiga qoʻygan vazifani bajardi - jamiyatning faol qismini ekologik muammolarni hal etishga birlashtirdi va safarbar etdi. Bundan tashqari, biz global ekologik hamjamiyatda munosib oʻrin egalladik.

Albatta, yangi maqom bizga bir qator ustunliklarni beradi. Ha, biz parlamentda kvota boʻyicha 15 oʻringa ega boʻlganmiz, ammo imkoniyatlar ham cheklangan edi. Birinchidan, biz vakillikni oshirishimiz mumkin edi, lekin kvotalar bizga buni amalga oshirishga imkon bermadi. Ikkinchidan, bizda mahalliy hokimiyat vakillarida, yaʼni mahalliy ekologik muammolarni koʻtaradigan va ularni hal qilish boʻyicha vazifalarni taklif qiladigan deputatlarimiz yoʻq edi. Uchinchi cheklov moddiy-texnik bazaga taalluqli edi.

Ammo vaqt yangi formatlarni taqozo etmoqda. Biz toʻlaqonli partiyaga aylandik, davlatimizning ekologik siyosatini aks ettiradigan oʻziga xos brendga aylandik. Hatto sobiq sovet hududida bizga oʻxshagan partiya yoʻq.

Siyosiy tashkilotimizni tuzishda biz “yashil partiyalar” mavjud boʻlgan 97 ta davlat tajribasini oʻrganib chiqdik. Bundan tashqari, ularning yarmidan koʻpida (55 davlatda) ekologlar parlament aʼzolaridir. Hatto Yevropa parlamentida ham ekologik partiya sharafli 4-oʻrinni egallaydi va Yevropadagi turli ekologik harakatlar obroʻ va mashhurlikka erishmoqda.

Partiyamiz juda yosh boʻlishiga qaramay, biz allaqachon chet ellik hamkasblar bilan yaqin aloqalarga egamiz. Meni tabriklashadi, ayniqsa MDH mamlakatlaridagi bizdan namuna olish niyatida boʻlgan hamkasblar.

- Zamonaviy elektoratni qanday baholaysiz? Soʻnggi parlament saylovlaridan keyin saylovchilar oʻzgarganmi?
- Bu saylovlar avvalgilaridan keskin farq qiladi. Jamiyat uygʻondi. Marginalizm atamasi oʻtmishda qoldi va bu jamiyat aʼzosi boʻlgan har bir kishi uning davlat muammolarini hal etishdagi ishtiroki eng ahamiyatli va sezilarli boʻlyapti tobora. Bugun elektorat behuda gaplarga ishonmaydi. Va partiyamizning vazifasi soʻz va amalni birlashtirishdir. Bir soʻzni aytdikmi - biz uni bajarishimiz kerak. Aks holda, ertaga siz jamiyatga bergan vaʼdalaringizdan va oʻz vijdoningizdan uyalasiz.

- Nomidan kelib chiqqan holda, ehtimol sizning partiyangiz aniq vazifalar toʻplamiga ega va shunga eng shaylangan partiya. Siz jamiyatning boshqa muammolarini hal qilmoqchimisiz yoki shunchaki atrof-muhit mavzulariga va atrof-muhitga eʼtiboringizni qaratmoqchisiz?
- Har qanday davlatning barqaror rivojlanishi uchun barqaror iqtisodiy oʻsish, ijtimoiy himoya va ekologik xavfsizlik zarur.

Saylovoldi dasturimizda 26 ta aniq yoʻnalish mavjud. Bizning maqsadimiz, birinchi navbatda, qulay ekologik barqaror jamiyatni yaratish va atrof-muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash. Va umuman olganda, yashil iqtisodiyot mexanizmini joriy etish tamoyilli.

- Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi va JSTga kirish masalasida partiyaning pozitsiyasi qanday? Respublika bunday tashkilotlarga qoʻshilishi kerakmi yoki ikki tomonlama aloqalarni davom ettirishda davom etadimi?

- Partiyamiz har qanday integratsiyani qoʻllab-quvvatlaydi, faqat mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda. Ekologiya oʻzi chegaralarini bilmaydi. Biror kishining sayoramizdagi biron bir notoʻgʻri hatti-harakati dunyoning narigi tomonida aksini beradi. Shuning uchun biz integratsiya, global ekologik muammolarni hal qilish tarafdorimiz.

- Saylov tugaganidan keyin partiyangiz birinchi navbatda qaysi qonun loyihalarini ilgari suradi?
- Oʻzbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga soluvchi 30 ga yaqin qonun va 250 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. Biz birlashtirilgan qonunning yaratilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Ekologik kodeksining qabul qilinishini qoʻllab-quvvatlaymiz. Oʻylaymanki, biz ushbu masalalarda oʻz ishimizni mantiqiy yakuniga yetkazamiz.

Комментарии (0)

Оставить комментарий