Metropoliten oʻpirilishida halok boʻlgan beshinchi shaxsning jasadi topildi

Metropoliten oʻpirilishida halok boʻlgan beshinchi shaxsning jasadi topildi
Qayd etilishicha, ayni damda hodisa sabablari va oqibatlarini oʻrganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

Yunusobod yoʻnalishidagi qurilish ishlari vaqtida roʻy bergan yer oʻpirilishi oqibatida halok boʻlgan yana bir nafar jasadning shaxsi aniqlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻlining yangi qurilayotgan qismida sodir boʻlgan oʻpirilish vaqtida besh nafar shaxsning yoʻqolganligi haqida xabar bergandik. Soʻng qutqaruv ishlari natijasida toʻrt nafar shaxsning jasadi topilganligi maʼlum qilindi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, tundagi qazish ishlari jarayonida beshinchi shaxsning jasadi topilib, uning shaxsi aniqlangan.

U 1996 yilda tugʻilgan I.Raxmatov.

Qayd etilishicha, ayni damda hodisa sabablari va oqibatlarini oʻrganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.
 

Комментарии (0)

Оставить комментарий