Harbiy siyosatshunos: ayni sharoitda davlatlar uchun oʻzi haqida maʼlumotlarni ochiqlash xavfli

Harbiy siyosatshunos: ayni sharoitda davlatlar uchun oʻzi haqida maʼlumotlarni ochiqlash xavfli
Harbiy siyosatshunoslar uyushmasi aʼzosi, "Rossiya ofitserlari" umumrossiya tashkiloti ekspertlar kengashi tashkiloti aʼzosi, zaxiradagi podpolkovnik Aleksandr Perenjiyev Oʻzbekistonning ochiq maʼlumotlar manbasi xalqaro reytinglardagi yuqori natijalariga izoh berdi

Oʻzbekiston ochiq maʼlumotlar manbalari boʻyicha Open Data Inception reytingidagi davlatlar top-10taligiga kiritildi. Mamlakat bu reytingda toʻqqizinchi qatorni egalladi. Undan yuqorida faqatgina Yevropaning yetakchi davlatlari va AQSH bor edi.

Rossiyalik ekspert soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatining bunday pozitsiyasi gʻoyat taʼsirlidir, ammo bunday reytinglarning obroʻsi masalasi savol tugʻdiradi.

"Geosiyosiy raqobat muqarrar boʻlgan zamonaviy dunyoda maʼlumotni ochiqlash oʻta xavfli. Bu mudofaa majmualari va aholiga doir maʼlumotlarga ham taalluqli. Ehtimol bu iqtisodiy va bank koʻrsatkichlari uchun muhimdir, lekin bu yerda ham oʻziga xos nozik jihatlar bor. RF da misol uchun "harbiy sir". degan tushuncha mavjud. Shunday ekan, bu kabi maʼlumotlarga juda ehtiyotkorona munosabatda boʻlish lozim", - dedi Perendjiyev.

Ekspert izohini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida tinglang.

Комментарии (0)

Оставить комментарий