Mirziyoyev Yaponiyada Kuril masalasini muhokama qilishni rejalashtirmagan – Valiyev

Mirziyoyev Yaponiyada Kuril masalasini muhokama qilishni rejalashtirmagan – Valiyev
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan joʻnab ketdi. Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, kun tartibidan Kuril masalasini muhokama qilish oʻrin olmagan.

 Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi chogʻida Kuril masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmagan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining oʻrinbosari Sanjar Valiyev jurnalistlar tomonidan berilgan savolga javob berayotib, maʼlum qildi.

“Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi chogʻida Kuril masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmagan”, - dedi Valiyev.

Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga joʻnab ketdi. Tashrif doirasida Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida Qoʻshma bayonot qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bojxona, turizm, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi hamkorlikning shartnoma-huquqiy asosini mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yaponiya Kommunistik partiyasi vakili Kadzuo Sii Tokio barcha Kuril orollariga egalik qilish huquqiga ekanini maʼlum qilgandi. Rossiyalik senator Frants Klintsevich ushbu bayonotlarini jiddiy qabul qilmaslik kerakligini taʼkidlagandi. Uning fikricha, Kadzuo Sii partiya reytingini mamlakat ichida koʻtarish maqsadida aytgan. Rossiya va Yaponiya oʻrtasida bu borasida tinchlik shartnomasini tuzish koʻp yillardan buyon davom etib keladi. Buni tezlashtirishga Vladimir Putin va Yaponiya bosh vazirining 2018 yildagi uchrashuvi navbatdagi turtkini berishi kerak edi. Oʻshanda rasmiy Tokio imzolash jarayonini tezlashtirish istagini bildirdi, lekin mamlakatlar haligacha oʻzaro qabul qilinadigan qarorga kelishmagan.

Комментарии (0)

Оставить комментарий