Oʻzbekistonda parlament saylovida ovoz berish jarayoni yakunlandi

Oʻzbekistonda parlament saylovida ovoz berish jarayoni yakunlandi
Oʻzbekistonda soat 20.00da parlament saylovida ovoz berish jarayoni yakunlandi. Saylovlar yangi Saylov kodeksiga binoan oʻtkazildi.

Oʻzbekistonda soat 20.00da parlament saylovida ovoz berish jarayoni yakunlandi, deb xabar qildi MSK matbuot xizmati.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi oʻrinbosari Maxmud Istamov mahalliy vaqt soat 18.00 ga qadar ishtirok etgan saylovchilarning dastlabki raqamlarini eʼlon qilgandi. Oʻzbekiston hududidagi 18 797 810 nafar saylovchilardan 12 922 429 nafari yoki 68,7 foizi ovoz berdi.

Saylovlar yangi Saylov kodeksiga binoan oʻtkazildi. Unda ilk bor beshta siyosiy partiya ishtirok etdi: Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi.

Комментарии (0)

Оставить комментарий