Allamjonov: AOKA bor ekan, ijtimoiy tarmoqlar yopilmaydi!

Allamjonov: AOKA bor ekan, ijtimoiy tarmoqlar yopilmaydi!
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlarning yopilish-yopilmasligi haqidagi savoliga javob berdi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlarning yopilish-yopilmasligi haqidagi savoliga javob berdi.

Bugun 20 dekabr kuni Zarafshondagi Media hall'da, jurnalistlar bilan uchrashuvda AOKA rahbari Komil Allamjonov bugungi axborotlashgan asr yuzasidan oʻz fikrini bildirib oʻtdi.

“Masalan, OAVda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar yoki blogerlar boʻlmasin deylik, bundan kim yutadi? Hozirgi texnika asrida jamiyatni boshqa informatsiya bosib ketadi, mish-mish koʻpayadi.

Shuning uchun davlat boshqaruvi idoralari rahbarlari, hamkasblarimizga, hammaga tushuntiramizki, orqaga yoʻl yoʻq. Prezidentimiz bu jarayonni tushunib aytyaptilar, orqaga yoʻl yoʻq, tanlagan yoʻlimiz shu. Endi shu yoʻlda faqat toʻgʻri ishlashni oʻrganishimiz kerak”- deydi Allamjonov.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning bulturgidek yopilib qolish ehtimoli bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi savolga Komil Allamjonov.

“Ehtimol yoʻq! Bizning agentligimiz bor ekan, biz bu narsaga yoʻl qoʻymaymiz” -deya javob berdi.

Комментарии (0)

Оставить комментарий