Tojikiston uchun Xitoyga qaraganda Oʻzbekiston bilan savdo qilish foydali - iqtisodchi

Tojikiston uchun Xitoyga qaraganda Oʻzbekiston bilan savdo qilish foydali - iqtisodchi
Siyosiy iqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Vasiliy Koltashov Tojikiston uchun Xitoy bilan emas, balki Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan hamkorlik qilish foydali tomonlari haqida Sputnik Tojikiston’ bilan suhbatda oʻz fikrlarni aytdi.

“Bu asrlar davomida shakllangan tabiiy mantiq. Albatta, Xitoyga savdoni yoʻnaltirish qiziq, lekin Xitoy bozorlarini oʻzining arzon tovarlari bilan osonlikcha toʻldiradi, bu esa tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi”, - deb taʼkidladi ekspert.

Uning soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida tovar zanjirlarini qurish mintaqaga iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlanishni sezilarli darajada tezlashtirishg, shu orqali oʻz taʼsirini kuchaytirishga imkon beradi.

Koltashev taʼkidlashicha, Tojikiston uchun qoʻshnilar bilan savdo-sotiq oʻz iqtisodiyotini rivojlantirish va Yevroosiyo hamkorligi va integratsiya formatidagi munosabatlar uchun zamin yaratadi.

“Tojikiston asosan xom ashyo eksport qiladi. Turkiya, Eron va Xitoyga eksport xajmi qisqarishi dunyodagi qiyin iqtisodiy vaziyatning ifodasidir. Ular Tojikistondan xom ashyo isteʼmolini koʻpaytirishga tayyor boʻlgan davlatlar emas”, - deb tushuntirdi iqtisodchi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, hozir mamlakat chet eldan hamma narsani faol ravishda import qilmoqda, ammo agar iqtisodiyotni rivojlantirishga eʼtibor qaratilsa, bu kelajakda mahalliy resurslardan faol foydalanishni oʻz ichiga olgan oʻz ishlab chiqarishga eʼtibor qaratishiga imkon beradi.

Oʻzbekiston, Rossiya va Qozogʻiston bilan oʻzaro hamkorlik Tojikiston iqtisodiyotiga yanada koʻproq qiziq boʻlib bormoqda. Bu barcha mamlakatlar uchun rivojlanish imkoniyatini bermoqda, deb xulosa qildi Koltashev.

Комментарии (0)

Оставить комментарий