Saylangan deputatlar roʻyxati eʼlon qilindi

Saylangan deputatlar roʻyxati eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 125 ta saylov okruglaridan saylangan deputatlar roʻyxatini eʼlon qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 125 ta saylov okruglaridan saylangan deputatlar roʻyxatini eʼlon qildi.        

Parlament saylovi oʻtkazilgan 150 ta saylov okrugidan 125 tasidan deputatlar saylangan.

Jumladan, Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi – 42 nafar; “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 34 nafar; “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 20 nafar; Xalq demokratik partiyasi – 18 nafar; Ekologik partiya – 11 nafar.

Saylangan deputatlarning yosh tarkibi boʻyicha 30 yoshgacha 9 nafar (7%), 30-50 yoshgacha – 80 nafar (64%), 50 yoshdan yuqori 36 nafar (27 %). Xotin-qizlar 34 nafar (27%).

Eslatib oʻtamiz, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 25 ta saylov okruglarida takroriy ovoz berishni 5 yanvar - yanshanba kuni oʻtkazishga qaror qildi.

Комментарии (0)

Оставить комментарий