“ID” Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun platsdarm tayyorlamoqda – Patrushev
Patrushev jangarilarning yakuniy maqsadi Afgʻoniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari hududini birlashtiruvchi Buyuk Xuroson deb ataluvchi davlat tuzish ekanini taʼkidladi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev taqiqlangan “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti Afgʻonistonda Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun platsdarm (maydon) tayyorlayotganini maʼlum qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
Uning soʻzlariga qaraganda, Afgʻonistonda xavfsizlik sohasidagi vaziyat beqarorligicha qolmoqda. “ISHID”ning kuchayishi katta tashvishga solmoqda.
Patrushev Afgʻoniston hukumati kuchlarining yaqinda oʻtkazgan amaliyoti natijasida 600 nafardan ziyod jangarilarning yoʻq qilingani yoki asirga olinganiga qaramay, mamlakatda turli maʼlumotlarga koʻra 2,5 mingga yaqin jangarilar qolmoqda.
“Ishidchilar asosiy saʼy-harakatlarini oʻzlarini Afgʻoniston shimolida boʻlishlariga qaratishmoqda. U yerda allaqachon ikki mingdan ziyod jangarilar toliblarga qarshi kurashish va Tojikiston va Turkmaniston orqali Markaziy Osiyo mintaqasiga bostirib kirishga tayyorgarlik koʻrish uchun toʻplangan”, - dedi Patrushev Tehronda Xavfsizlik kengashi kotiblari va Afgʻoniston boʻyicha milliy xavfsizlik maslahatchilari yigʻilishida.
Patrushev jangarilarning yakuniy maqsadi Afgʻoniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari hududini birlashtiruvchi Buyuk Xuroson deb ataluvchi davlat tuzish ekanini taʼkidladi.
Комментарии (0)